"Al Nassr" Portugaliya klubini yirik hisobda mag'lub etdi. Ronaldudan xet-trik

Khoja
8 avg 2025, 07:30
"Al Nassr" yangi mavsumga tayyorgarlik davomida Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv Portugaliyada bo'lib o'tdi. Unda Saudiya jamoasi yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarning uchtasiga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Yana bitta golni Muhammad Simakan raqib darvozasiga kiritdi.





O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com