"Al Nassr" dekabr oxirigacha Ronaldu bilan kelishuvni yakunlamoqchi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2022, 16:58
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu dekabr oyi so'nigga qadar "Al Nassr" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda "The Times" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Ronaldu Yevropada klub topa olmagani uchun Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga tekinga o'tishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Ronalduga Qatardan taklif tushgan, biroq bu taklifning moliyaviy shartlari "Al Nassr" taklif qilganidan yaxshiroq bo'lmagan.

Noyabr oyida Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi va hozirda erkin agent hisoblanadi.

Ronaldu "Al Nassr"ga o'tsa, Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH-2030 uchun arizasi elchisiga aylanadi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times