Al Nassr APLning yana bir futbolchisiga 64 million evro taklif qildi

Khoja
31 yanv 2025, 09:45
Aston Villa hujumchisi Jon Duran bilan kelishuvga erishgan Al Nassr APLning yana bir futbolchisiga taklif bilan chiqdi.

Saudiyaliklar Brayton yarim himoyachisi Kaoru Mitomaga 64 million evro taklif qildi. Biroq Brayton jamoasi futbolchi sotilmasligini ma'lum qildi.

Ammo Al Nassr futbolchi uchun taklifni 100 million evrogacha oshirishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli futbolchi Braytonda 2021 yilning yozidan beri harakat qilib keladi. U shu vaqt ichida 92 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 18 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru