Al Nassr APL futbolchisi uchun 100 million evro taklif qilmoqchi

Khoja
28 mar 2025, 10:19
Al Nassr Vest Xem futbolchisi Muhammad Kudusga qiziqish bildirmoqda.

Saudiyaliklar futbolchining transferi uchun 100 million evro taklif qilmoqchi. Ganalik yarim himoyachining o'zi Saudiyaga borishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Yarim himoyachining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru