

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z maydonida “Al-Shahaniya”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Chempionat to'purari Romarino uchrashuvda dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Murad Naji Xusayn hisobiga yozildi. Hamyurtimiz boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada o'z o'rnini Ali Sanadga bo'shatib berdi.
Chempionatning 14-turidan so'ng “Al-Jayish” 19 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti. “Al-Shahaniya” esa 8 ochko bilan 10-pog'onadan joy olgan.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 14-tur
“AL-JAYISH” - “AL-SHAHANIYA” - 3:1
Doxa. “Abdulloh Bin Halifa” stadioni
Gollar: Romarino 15, 80-pen, Murad Naji Xusayn 45 – Muhammad Tayba



