"Al Ittihod" legionerlaridan biri bilan muddatidan ilgari xayrlashishga qaror qildi

Omonjon To`xtamirzayev
14 fev 2024, 13:00
2021 yil iyulidan buyon "Al Ittihod" sharafini himoya qilib kelgan Igor Koronado jamoa bilan xayrlashdi.

Klubning rasmiy sahifalarida jamoa a'zolari Koronado bilan qanday xayrlashgani aks etgan suratlar chop etildi. Futbolchining shartnomasi 2025 yil iyuniga qadar mo'ljallanganligiga qaramay, tomonlar hamkorlikni to'xtatishga qaror qilishgan. Buning sabab va tafsilotlari hozircha noma'lum.

Ushbu mavsum Koronado Saudiya Arabistoni chempionatining 15 o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 7 ta assist qayd etgandi.

"Transfermarkt" futbolchi transfer narxini 5,5 million evroga baholamoqda.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia