Al-Husayn FIFA prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun ariza berdi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2015, 18:45
Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn yana FIFA prezidentligi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Al-Husayn FIFA saylovida ishtirok etish uchun ariza berib bo'lgan. Tashkilotning amaldagi prezidenti Yozef Blatterning ishdan vaqtinchalik chetlatilishi saylov sanasini o'zgarishiga olib kelishi mumkin.

"FIFAning qiyin vaziyatini o'zgartirish mumkin. Hozir hayotda qo'llash kerak bo'lgan turli ajoyib g'oyalar bor. FIFA odamlarning ishonchini qaytarishi kerak. Buning uchun esa yetakchi lozim" - deydi Al-Husayn.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports