

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi yetakchilaridan biri Salim al Davsari jarohati sababli Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Klub shifokorining ma'lum qilishicha, Osiyoning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi kamida bir oy muddat maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Salmon al-Faraj OCHLda 3 o'yinga chetlatilgan va shu sababli u Namangandagi o'yinda qatnashmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Al Hilol" uchrashuvi 28 noyabr kuni o'tkaziladi.



