“Al Hilol” yozgi transfer rejalari ma'lum. Saudiyaliklarga APLning ikki yetakchi futbolchisi kerak

Khoja
5 fev 2024, 10:21
“Manchester Yunayted” sardori Bruno Fernandesh va “Liverpul” yetakchisi Muhammad Saloh yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.

 Saudiya Arabistoni jamoasi yozda aynan shu ikki futbolchini klubga olib kelish uchun maksimal darajada harakat qiladi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni klublari Brunu uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor ekani xabar qilingan edi. Saloh uchun esa “Al Ittihod” yiliga 200 million evro berishga tayyorligi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com