"Al Hilol" Namanganga qaysi legionerlarni olib kelmoqda?

Narzulla Saydullayev
26 noya 2023, 20:59
28 noyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus O'zbekistonga quyidagi besh nafar legionerni olib kelishga qaror qildi: Yassin Bunu (Marokash), Kalidu Kulibali (Senegal), Sergey Milinkovich-Savich (Serbiya), Malkom (Braziliya) va Aleksandar Mitrovich (Serbiya).

Bundan tashqari, "Al Hilol" yetakchisi Salim Al Davsari jarohatidan qutildi va O'zbekistonga kelmoqda.

Neymar jarohati bois Namanganga kela olmasligidan xabaringiz bor. Hassan Al Tambakti, Muhammad Al Ovays va Nosir Al Davsari ham jarohatlari bois "Navbahor"ga qarshi o'ynay olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Al Hilol" uchrashuvi 28 noyabr kuni soat 21:00da Namangan shahridagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Alhilal_EN