"Al Hilol" Mourinyuga 30 million evro taklif qildi va rad javobini oldi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 22:29
Joze Mourinyu “Al Hilol”ni boshqarishdan bosh tortdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Saudiya Arabistoni klubi iyun oyi boshida Massimiliano Allegriga taklif bilan chiqishdan oldin Mourinyuga murojaat qilgan. 

Portugaliyalik mutaxassis uchun soliqlardan tashqari mavsumiga 30 million evro maosh taklif qilingan.

Mourinyu esa bor e'tiborini “Roma”ga qaratgani uchun “Al Hilol”ning taklifini rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano