"Al Hilol" Mitrovich uchun "Fulxem"ga 40 mln evro taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 18:42
"Al Hilol" "Fulxem"ning Aleksandar Mitrovich borasidagi taklifini yaxshilaydi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Saudiya Arabistoni klubi serbiyalik hujumchi uchun "Fulxem"ga 40 mln evro taklif qilishga tayyor.

Mitrovich "Al Hilol"ga o'tishni talab qilmoqda – avvalroq hujumchi klub bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.

"Fulxem" Mitrovichni 30 mln evroga sotmagandi. 35 million evrolik ikkinchi taklif ham rad etilgandi. Qayd etilishicha, klub Mitrovichni sotish istagida emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen