"Al Hilol" Mitrovich transferini hal qilishga yaqin turibdi

Administrator
16 avg 2023
"Fulxem" to'purari Osiyo tomon yo'l olmoqda.

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Alensandar Mitrovich transferini hal qilishga yaqin turibdi. "Fulxem" klubi ushbu transferga rozilik berishi bilan barchasi rasmiylashtiriladi. 

Mitrovichning o'zi allaqachon arab klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib qo'ygan. Transfer esa bir necha soatlar ichida amalga oshishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, avvalroq "Al Hilol" Mitrovich uchun "Fulxem"ga 40 mln evro taklif qilgandi. Hozirda futbolchi uchun to'lanadigan narx 55-60 mln evroga etgan.

Ma'lumot uchun, "Al Hilol" bundan avval Ruben Nevesh, Neymar, Malkom va Sergey Milinkovich-Savich kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano