"Al Hilol" Kulibalini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023, 19:08
"Footmercato" xabariga ko'ra, "Al Hilol" "Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibaliga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, ushbu transferga London klubi va Kulibalining o'zi qiziqish bildirmoqda. Italiyaning bir qator klublari – "Yuventus", "Inter", "Napoli" afrikalik himoyachining A Seriyaga qaytishini istaydi. Saudiya Arabistoni klubi markaziy himoyachi qidirmoqda va Kulibali bu poziciya uchun ustuvor variant hisoblanadi.

31 yoshli futbolchi o'tgan mavsum APLning 23 ta o'yinida 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato