"Al Hilol" Fransiya chemionati to'purariga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023, 16:56
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Lill" va Kanada terma jamoasi hujumchisi Jonatan Devid bilan hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Fransiya klubi o'z futbolchisi uchun 60 million evro so'ramoqda.

Devid o'tgan mavsum Liga 1 va Fransiya Kubogida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. 23 yoshli kanadalikning "Lill" bilan kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira