

O'tgan haftada "Barselona" vingeri bilan 80 mln evrodan oshiq mablag' evaziga Saudiya klubi shartnoma imzolashni xohlayotgani ma'lum bo'ldi. Gap chempionat yetakchisi haqida ketmoqda.
Ar Riyod klubi braziliyalik uchun bonuslar bilan 100 mln evro to'lashga tayyor. "Al Hilol" shuningdek o'yinchiga hozirgi olayotganidan uch baravar ko'p maosh tayinlamoqchi. U hozirda soliqlardan so'ng 5,5 mln evro oladi.
"Barselona" taklif moliyaviy muammolarning bir qismini hal etishga yordam berishi sabab o'ylab olmoqchi.
Futbolchining o'zi Kataloniya klubidan ketmoqchi emas. Qiziqarlisi, Rafinyaga butun faoliyatida agentlik qilgan Deku hozirda "Barsa"ning sport direktori sifatida ishlamoqda.




