"Al Hilol" - AGMK uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi

15 apr 2021, 03:57
OCHL "A" guruhi 1-tur doirasidagi "Al Hilol" - AGMK uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma'lum.

OFK mazkur bellashuvga yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlarni tayinladi. Satoga qanotlarda Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara ko'maklashadi. Zaxira hakami sifatida bahraynlik Ali Hasan Abdulnabi ishlaydi. Uchrashuv komissari livanlik Bashir Abdul Xoliq.


OCHL, guruh bosqichi.

"A" guruhi, 1-tur.

15 aprel, payshanba.

"Al Hilol" - AGMK (23:59)

Ar-Riyod, "Shahzoda Faysal bin Fahd" stadioni.

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara (Yaponiya), Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn).

Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати