“Al-Hidd” 28 yanvarda Toshkentga keladi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017, 23:21
“Nasaf”ning Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichidagi raqibi- Bahraynning “Al-Hidd” jamoasi 28 yanvar, shanba kuni Dubay orqali Toshkentga yetib keladi.

22 yanvar kuni Turkiyada yig'inni yakunlagan “Nasaf” futbolchilari uch kunlik tanaffusdan keyin ertaga klub bazasida yig'ilishadi va 28 yanvar kuni ular ham poytaxtga yo'l olishadi.

Eslatib o'tamiz, OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan “Nasaf” – “Al Hidd” uchrashuvi 31 yanvar, seshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia