

Bu haqda Qatar Yulduzlar ligasi rasmiy sayti e'lon qildi. "Vorskla" sobiq yarim himoyachisi Sanjar Tursunov "Al Haraytiyat" bilan shartnoma tuzdi. Klub jamoani tark etgan avstraliyalik Erik Partalu o'rniga, Tursunovni o'z safiga qo'shib oldi. Sanjar Tursunov va "Al Haraytiyat" o'rtasida tuzilgan bitim 1,5 mavsumga mo'ljallangan.
Tursunov avval ham Qatar chempionatida to'p tepgan. U o'shanda "Um Salal" sharafini himoya qilgan.



