Fursatdan foydalanib, navoiyliklar yetakchisi fikri bilan qiziqdik.
- Rosti, Ramziy terma jamoa tarkibidan o'rin olishimni kutmagandim, - deydi Akmal Xoliqov. - Bundan juda xursandman. Aslida Farg'onada “Neftchi”ga qarshi o'yinda barcha jamoadoshlarim munosib to'p surishdi. Ramziy terma jamoa tarkibiga kirishimda ularning baholi qudrat hissalari bor, deb bilaman. Safardagi ketma-ket ikki uchrashuvdan uyga quruq qaytsak, muxlislarimiz bizni kechirishmasdi. Qolaversa, Farg'onadan g'alaba bilan ham qaytishimiz ham mumkin edi. Ammo ko'p vaziyatlarda jamoamizga omad kulib boqmadi. Endi oldingi turlarda boy berilgan ochkolar o'rnini keyingi uchrashuvlarda to'ldirishga va o'z muxlislarimizni albatta quvontirishga harakat qilamiz.
Eslatib o'tamiz, bungacha dastlabki turda Yuriy Lukin Ramziy terma jamoa bosh murabbiyligiga loyiq ko'rilgan. Ikkinchi turda yarim himoyachi Ruslan Vagapov, uchinchi turda esa darvozabon Artyom Makosin ana shunday etirofga sazovor bo'lishgan edi.