Akbar To'raev: "Maqsadimiz O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish"

Narzulla Saydullayev
24 noya 2016
Kecha oliy liganing 30-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda "Bunyodkor" o'z uyida "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi va kichik hisobda imkoniyatni boy derdi.

Ushbu bahsdan so'ng "qaldirg'ochlar"  posboni Akbar To'raev o'yin haqida fikr bildirdi.

"Ushbu bahsda biz o'yinning uchdan-ikki qismida yaxshi harakat qildik. Bizga biroz omad yetishmadi, deb o'ylayman. Qayerdadir jamoadoshlarim xato qilishdi, yana qayerdadir mening ham xatoyim bo'ldi. Ikkala jamoa ham tavakkallikka qo'l urmadi. Oldimizda bundanda muhim bo'lgan uchrashuv bor. Bor e'tiborimizni ushbu o'yin tayyorgarligiga qaratamiz. Kubok bahsidagi o'yinga yanada kuchliroq bo'lib maydonga chiqamiz. Maqsadimiz finalga chiqib O'zbekiston kubogini qo'lga kiritmoqchimiz.  Agarda "Lokomotiv"  muddatidan oldin chempion bo'lmaganida, bundanda shittatliroq kurash kechishi mumkin, edi", - deydi "Bunyodkor" darvozaboni Akbar To'raev.

Jahongir Sotvoldiev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia