Aka-uka Berezuckiy "Vitess" murabbiylar shtabida ish boshlaydi

Moskvaning SSKA va Rossiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Vasiliy Berezuckiy akasi Aleksey bilan 2019 yilning 3 yanvar kuni "Vitess" murabbiylar shtabiga Portugaliya yig'inida qo'shilishlarini aytib o'tdi.

Bugun Moskvadagi murabbiylar oliy maktabida aka-uka Berezuckiy A kategoriyasini qo'lga kiritish uchun imtihon topshiradilar. Sluckiy shu yilning iyun oyida "Vitess" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Aka-uka himoyachilar esa yozda futbolchilik faoliyatlarini yakunlashganini e'lon qilishgan.

"Imtihon o'tib olishi kutyapmiz, keyin agar barchasi rejadagidek bo'lsa, 3 yanvar kuni "Vitess"ga Portugaliyada qo'shilamiz. Shartnoma imzolangan, menimcha. Lavozim? Bosh murabbiy yordamchilari bo'lamiz", - dedi Berezuckiy.


Manba: rsport.ria.ru