Ajoyib voqea! Fergyuson "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'ladi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 10:10
"Manchester Yunayted" 20 yil avval YCHL finalida "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabani ajoyib tarzda nishonlaydi.

2020 yilning 26 may kunida 20 yil oldin "Kamp Nou"dagi finalda harakat qilgan tarkib "Old Trafford" maydonida yig'iladi.

Undan-da quvonchlisi Ser Aleks Fergyusonning murabbiylar o'rindig'iga qaytishi bo'ldi. Agarda sog'lig'ida muammolar yuzaga kelmasa, u ushbu o'yinda ishtirok etishga rozi bo'ldi. Shotlandiyalik sobiq murabbiy o'tgan yili bosh miyasiga qon quyilishi oqibatida operaciya qilingandi.


"Manchester Yunayted" va "Bavariya"ning o'sha tarkibdagi barcha futbolchilari remeykka rozi bo'lishgan. Mana tarkiblar:

MYU: Shmeyxel, Nevill, Stam, Yonson, Irvin, Giggz, Bekxem, Batt, Blumkvist, York, Koul.
Zaxiradagilar: Van Der Gau, Mey, Fill Nevill, Braun, Grining, Sheringem, Sulsher.

"Bavariya": Kan, Matteus, Babel, Linke, Kuffur, Tarnat, Yeremis, Effenberg, Basler, Yanker, Cikler.
Zaxiradagilar: Dreer, Xelmer, Sholl, Shtrunc, Fink, Salixamidjich, Daei.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun