"Ahal" bilan o'yin Berdiev uchun xalqaro maydondagi 32-si!

"Nasaf" bugun OFK kubogi Markaziy Osiyo mintaqasining finalida Ashxabodning "Ahal" klubiga qarshi maydonga chiqadi.

E'tiborli jihati, mazkur bahs "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev uchun qita miqyosidagi 32-o'yinga aylanadi. 

Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" ortda qolgan 31 o'yinning 11 tasida zafar quchishni uddalagan (6 durang, 14 mag'lubiyat). To'plar nisbati - 36:41 (-5). Ma'lumot uchun, 31 o'yinning 28 tasi Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida o'tgan.

"Nasaf" tarkibidagi eng qimmat futbolchini bilasizmi?


Manba: championat.asia