Aguero jarohatdan so'ng ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2014, 12:15
Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Nigeriyaga qarshi uchrashuvda olgan jarohatidan so'ng ilk mashg'ulotlarga kirishdi.
Shveytsariya bilan o'yinni o'tkazib yuborgan futbolchi, yugurish mashqlari bilan shug'ullandi, keyin esa ikki tomonlama bahsda ishtirok etdi. Argentinalik shifokorlarning takidlashicha, 26 yoshli futbolchi tez orada umumiy guruhga qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi chorak finaldagi Belgiyaga qarshi bahsni 5 iyul kuni o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com