

Argentinalik futbolchi kolumbiyalik xonanda Malumaning Amstyerdamdagi koncert dasturida qatnashish uchun yo'l olgandi. Koncertdan futbolchi o'tirgan taksi haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi ustunga borib uriladi. Natijada futbolchi qovurg'asini sindirib olgandi.
“Men shifoxonaga borishim bilan shifokordan shanba kuni “Manchester Siti” safida maydonga tusha olishimni so'radim. U yo'q, deb javo berdi. Keyingi haftada terma jamoa o'yinida ishtirokim ham so'roq ostida edi. Keyinchalik men bu haqda yana bir bor o'yladim. Allohga shukrki, taksidaligimda kamarim taqilgan edi. Aks holda men hozir siz bilan gaplashib o'tirgan bo'lmasdim”, deya Agueroning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Times nashri.



