Aguero, Silva va Nasri hazm qilishi buzilgani tufayli safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2015, 17:12
"Manchester Siti" futbolchilari Serxio Aguero, Samir Nasri va David Silva ovqat hazm qilishdagi muammo tufayli safdan chiqdi.

"Shaharliklar" mashg'uloti paytida uch futbolchi klub shifokoriga arz qildi va ular uyga yuborildi. Ushbu sababga ko'ra, ular "Manchester Siti"ning APL startiga bag'ishlangan tadbirni o'tkazib yuborishadi. Bayramda Serxio Aguero to'purar sovrinini olishi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com