Aguero Sampaolining so'zlari haqida: "Xohlaganini gapirsin"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2018, 13:40
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan (0:3) so'ng, bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli so'zlariga izoh berdi.

Xorvatlar bilan bahsdan so'ng Sampaoli bazi futbolchilar uning g'oyalariga ko'nika olmagani va talab darajasida harakat qilmayotganini aytdi.

"Xohlaganini gapirsin" - deydi Aguero.

Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini pasaytirdi. Sampaoli shogirdlari birinchi turda Islandiya bilan durang (1:1) qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro