Aguero Runiga yetib olishi uchun 1ta gol qoldi, oldinda esa faqatgina Anri bor

Eldor Akmurzayev
21 sen 2019, 22:30
Angliya chempionatining 6-turida Manchester Siti o'z maydonida Uotfordni qabul qilib, raqiblarini tor-mor (8:0) etdi.

Mezbonlar forvardi Serxio Aguero mazkur bahsda o'z hisobiga 1ta samarali uzatma berish bilan birga, o'z nomini tabloga ham yozdirib qo'ydi. Agueroning Etihad o'yingohidagi gollari soni 100taga etdi. Endi argentinalik hujumchi uy stadionida urilgan gollar bo'yicha angliyalik futbolchi Ueyn Runining natijasini (Old Traffordagi gollari – 101ta) takrorlashi uchun bitta gol ursa kifoya qiladi.

Bu borada yetakchilik esa Arsenalning sobiq a'zosi Terri Anriga tegishlidir. U londonliklarning avvalgi stadioni Xayberida raqiblar darvozasini 114 marta ishg'ol qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports