Aguero “Real”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

25 iyul 2020, 08:35
Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Manchester Siti”ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero 7 avgustda o'tishi rejalashtirilgan YCHL 1/8 finali doirasida “Real”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Aguero APL 30-turi doirasida “Byornli”ga (5:0) qarshi bahsda jarohat olgandi. 24 iyunda futbolchi Ispaniyada operaciya qilingan. Futbolchining “Real”ga qarshi o'yinga qadar tiklana olmasligi ma'lum bo'ldi.

2019/20 yilgi mavsum Aguero “shaharliklar” safida 32 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Манчестер Сити” расмий сайти