Aguero: "Manchester Siti" yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini bilardi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2014, 14:16
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvidan so'ng (3:2), o'yinda uchta gol urganidan mamnunligini ta'kidladi.

"Juda muhim g'alabaga erishdik. Qarshi hujumga o'tish uchun birinchi bo'limda raqibning hujumlarini kutdik. O'yinni yaxshi boshladik, ammo raqib ikki marta darvozamizni ishg'ol qildi. Bu holat bizning rejalarni o'zgartirib yubordi. Yo'qotadigan hech narsamiz yo'qligini bilgandik va mehmonlar ko'proq jarima maydonchasida harakat qildik. Uchrashuv so'ngida gol urishga erishdik.

Bu mening eng yaxshi o'yinlarimdan biri. Asosiysi - jamoamga yordamim tekkani. Gollarim bizga uch ochko taqdim etganidan mamnunman. Keyingi uchrashuvda "Roma"ni yutishimiz shart" - deydi Aguero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru