Aguero keyingi jamoasi nomini aytdi

Tolibjon Qosimov
26 mar 2018, 20:32
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi forvardi Serxio Aguero Jahon chempionati oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men terma jamoa oldida qarzim borligini his qilayapman. Bu qarzni qaytarishning yagona yo'li - Jahon chempionatini yutish", - dedi Aguero "Fox Sports Argentina"ga bergan intervyusida.

Shuningdek, 29 yoshli hujumchi kelajak uchun rejalari bilan ham o'rtoqlashdi: "Manchester Siti" bilan shartnomam oxiriga etgach (2020 yil), men Argentinaga, "Independente"ga qaytaman".

Eslatib o'tamiz, Aguero "Atletiko"ga o'tishdan oldin futboldagi ilk qadamlarini aynan "Independente"da tashlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Fox Sports Argentina