Aguero: "Chempionlar ligasi - juda qiyin musobaqa. Bu yerda saviyasi past jamoalar bo'lmaydi"

9 mar 2019, 00:33
Serxio Aguero "Shalke" jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero birinchi o'yindagi g'alabaga qarmasdan, YCHL 1/8 finalida "Shalke"ga qarshi javob bahsida ehtiyotkor o'ynash kerak deb hisoblamoqda.

"Oxirgi natijalarga qaragan holda, juda ehtiyotkor bo'lishimiz lozim. Bu hafta bir nechta g'alati narsalar sodir bo'ldi. Ular biznga koncentraciyani yo'qotmasligimiz uchun yordam beradi. Kutilmagan natijalar ko'p bo'ldi. Manchestyerda g'alaba qozongandan so'ng PSJda ustunlikka erishdi. Lekin, yakun nima bilan tuganini ko'rdingiz.

Chempionlar ligasi -  juda qiyin musobaqa. Bu yerda saviyasi past jamoalar bo'lmaydi. APL kabi uzoq muddatli musobaqalarda xatolar qilishingiz mumkin. Ammo, YCHLda buning iloji yo'q. E'tiborni o'yinga qaratish, standartlarda ehtiyotkorona harakat qilish va kichik detallarni ham unutmaslik kerak", - deya Agueroning so'zlarini keltiradi ESPN nashri.

Eslatib o'tamiz, Germaniyada o'tkazilgan ilk o'yinda "Manchester Siti" 3:2 hisobida g'alaba qozrngan. Javob bahsi 12 mart kuni "Etixad" o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN