Aguero: "Bu turnir nima uchun o'tkazilyapti o'zi?"

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 13:27
Argentina termasi futbolchisi Serxio Aguero Chiliga qarshi o'yinda Leo Messining chetlatilishi haqida gapirdi.

"Biz shunchaki bir-birimizga qarab turardik. Braziliyaga qarshi o'yindan beri Messi o'zini g'alati tutyapti. Hammamizda bir savol: bu turnir nima uchun o'tkazilyapti?", - dedi Aguero.

37-daqiqada Gari Medel va Leo Messi urushib ketgani uchun ikki futbolchiga ham qizil kartochka ko'rsatilgandi. Oldinroq Argentina termasining ko'plab vakillari Kopa Amerika borasida salbiy fikrlar aytishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TyC Sports