AGMKning navbatdagi raqibi Xitoy Superligasining grand jamoasi - “Shanxay SIPG”

10 fev 2020, 00:40
Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining uchinchi qismini Dubayda o'tkazayotgan AGMK jamoasi yig'in doirasidagi oxirgi kunni nazorat bellashuvi bilan yakunlaydi.

Bunga qadar Turkmaniston (1:0) milliy terma jamoasi, Xitoy Superligasi vakillari - “Cindao Huanxay” (3:1) va “Shandun Lunen”ga (0:2) qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazgan AGMKning bu galgi raqibi OCHL ishtirokchisi - “Shanxay SIPG” jamoasi bo'ladi.

Mazkur jamoada jahon futboli (Oskar, Xalk, Arnautovich) va osiyo futboli (Odil Ahmedov) yulduzlari to'p tepadi.

O'yin 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

“Shanxay SIPG”ga qarshi kechadigan uchrashuv AGMKning Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi oxirgi bahsiga aylanadi va AGMK 11 fevral kuni BAAdagi yig'inni yakunlab, Toshkentga qaytib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК клуби матбуот хизмати