AGMK yuqori elitadagi yubiley o'yinini o'tkazdi

Alisher
28 may 2022, 15:18
AGMK kecha yubileyni nishonladi.

"Neftchi"ga qarshi o'yin AGMK jamoasining Oliy diviziondagi yubiley 400-uchrashuviga aylandi.

AGMK O'zbekiston milliy chempionati Oliy divizionida 400lik dovonni zabt etgan 17-jamoa bo'ldi.

AGMKdan ko'proq o'yin o'tkazgan jamoalar: "Paxtakor" (889), "Navbahor" (889), "Buxoro" (826), "Neftchi" (812), "So'g'diyona" (780), "Andijon" (766), "Nasaf" (736), "Dinamo" (716), "Metallurg" (703), "Qizilqum" (644), "Mashal" (540), "Traktor" (490), "Qo'qon-1912" (490), "Lokomotiv" (486), "Surxon" (461) va "Bunyodkor" (430).


AGMK jamoasining yuqori elitada o'tkazgan o'yinlari - 400

G'alaba - 151

Durang - 87

Mag'lubiyat - 162

Urgan gollari soni - 555

O'tkazgan gollari soni - 563


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати