

Bishkekning "Dordoy" jamoasiga qarshi bahsda yig'inda qatnashayotgan 24 futbolchi ishtirok etdi. Turli sabablarga ko'ra Kamoliddin Murzoev, Nizomiddin Ziyovutdinov va ko'rikdan o'tayotgan qirg'izistonlik Anton Zemlyanuxin o'yinni tomoshabin sifatida kuzatdi.
Qiziqarli o'tgan uchrashuvda AGMK 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Olmaliqliklarning ikki goliga Javlon Guseynov va Abdumalik Abdullaev mualliflik qildi. Uchrashuvni turkiyalik hakamlar guruhi boshqarib borishdi.
AGMKning mashg'ulotlar jarayoni ertadan yana davom ettiriladi.
AGMK matbuot-xizmati



