AGMK Sanjar Tursunov va Mirjamol Qosimov bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
12 yanv 2022, 16:33
AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selekciya ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o'rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Klub 2020 yili jamoaga kelgan tajribali futbolchi Sanjar Tursunov bilan o'rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Sanjar Tursunov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

AGMK shuningdek 2019 yili jamoaga kelgan yarim himoyachi Mirjamol Qosimov bilan o'rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Mirjamol Qosimov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати