AGMK O'zbekiston chempionatidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qildi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2020, 13:23
Kecha Superliganing 22-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mehmonlar 6:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shunday qilib, AGMK O'zbekiston chempionatidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Olmaliq shahri klubi bunga qadar chempionat doirasida bitta o'yinda 6ta gol o'tkazmagan edi. Bungacha eng yirik mag'lubiyat 2017 yil "Lokomotiv"ga qarshi safardagi bahsda kuzatilgan edi - 0:5.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia