AGMK futzalchilari bilan o'tgan matbuot anjumani

Narzulla Saydullayev
2 avg 2019, 18:14
7-17 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz nomidan AGMK jamoasi ishtirok etadi.

Mazkur chempionatda yurtimiz sharafini Olmaliqning AGMK futzal klubi himoya qiladi. Bugun ushbu chempionat oldidan klub a'zolari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Olmaliq kon metallurgiya kombinati boshqaruv raisi o'rinbosari Ulug'bek Fayazov, AGMK klubi bosh direktori Muxtor Qurbonov, futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov, jamoa sardori Rustam Umarov, klub futbolchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.


TAS-IX 

 


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia