Futzal. Osiyo Kubogida sensaciya: Indoneziya Yaponiyani engib, finalga yo'l oldi

Iskandarov Abdulaziz
6 fev 2026, 08:35
Indoneziyada o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining yarim final bellashuvlari ortda qoldi.

Final ostonasida Eron Iroqni 4:2 hisobida engdi. Turnir favoritlardan biri bo'lgan Yaponiya kutilmaganda mezbon Indoneziyaga imkoniyatni boy berdi. Asosiy vaqtda tomonlar 3:3 hisobidagi durang natijani qayd etishgan bo'lsa, ekstra taymlarda esa mezbonlar ikkita to'p kiritib finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. 





Endilikda finalda bosh sovrin uchun Eron - Indoneziya to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia