AGMK a'zolari bugunoq tibbiy ko'rikdan o'tishdi, indinga test topshiriladi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2020, 14:42
AGMK jamoasi tezkorlik bilan jamoa futbolchilari va barcha personallarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish tadbirini tashkillashtirdi.

Superliga jamoalarida koronavirus aniqlanayotgani, xususan o'tgan turdagi raqibi "Paxtakor" klubining 5 nafar futbolchisida koronavirus tasdiqlanishi bilanoq AGMK jamoasi tezkorlik bilan jamoa futbolchilari va barcha personallarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish tadbirini tashkillashtirdi.

Bugun ertalab AGMKning barcha a'zolari dastlabki tibbiy nazorat, MRT (magnit rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tkazildi. Tekshiruv natijalari ertaga ma'lum bo'ladi.

Shuningdek, AGMK jamoasi yangi hafta, yani seshanba kuni koronavirusga test topshiradi. Bunga qadar ham jamoa karantindan keyin yig'ilgach va mavsum restartidan oldin koronavirus testini topshirgan va karantin qoidalari hamda gigienik talabalarini muntazam bajarib kelmoqda.

Hozirda jamoa karantin qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda izolyaciya qilingan. Futbolchilarning umumiy holati barqaror va klub shifokorlari tomonidan doimiy tibbiy nazoratda bo'lib turibdi.

AGMK futbol klubi mazkur holatga to'liq mas'uliyat bilan qaraydi va barcha karantin tadbirlari hamda qoidalariga rioya qiladi.

Shuningdek, AGMK klubi Superliga jamoalari futbolchilari orasida hamda yurtimizdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlarga tezroq sog'ayib, shifo topishlarini tilaydi!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати