Agent Viktor Osimxenning rejalari haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenning agenti Roberto Kalenda futbolchining kelajagi haqida gapirib o'tdi.

Viktor "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortayotgani va men u kyetishi uchun barcha ehtimoliy variantlarni o'rganib chiqishim haqidagi gaplarning barchasi yolg'on.

Avvalroq Italiya klubi futbolchini PSJga 110 mln evroga qo'yib yubormagani e'lon qilingandi.

Futbolchining "Napoli" bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

24 yoshli nigeriyalik joriy mavsum Italiya chempionatida 31 ta o'yinda qatnashib, 25 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 120 mln evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano