Agent: "Turan "Atletiko"ni tark etishga qaror qildi"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2015, 12:43
"Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turan agenti Axmet Bulutning takidlashicha, uning mijozi yozda klubni tark etadi.

"Shartnoma imzolanmagunicha rasmiy bayonot bermaymiz. Arda to'rt kun ichida qayerda o'ynashi haqida aytadi. Uning "Atletiko"dan ketishi haqidagi qarori "matraschilar"ni hayron qoldirdi. Klub Turan bilan xayrlashishni istamagan edi" - deydi agent.

Futbolchiga "Barselona", PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com