Agent: "Atletiko" Ikardiga taklif yubordi, ammo u "Inter"ni tark etmasa kerak"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2016, 16:41
"Atletiko" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga taklif yubordi.

Bu haqda futbolchining ayoli va agenti Vanda Nara e'lon qildi.

"Atletiko" Ikardiga talkif yubordi, ammo u "Inter"ni tark etmasa kerak. Mauro jamoaning sardori va klubda o'zini yaxshi his qilmoqda. O'tgan yili u "Inter" bilan shartnomani uzaytirgan edi. Ayni damda takliflar ko'p va har bir klub bilan muzokara o'tkazyapman. Mauro bir-ikki marta "Atletiko" ustozi Diego Simeone bilan suhbatlashdi. Ular so'nggi bor samolyotda uchrashishdi, ammo gap futbol haqida ketmayotgan edi" - deydi Nara.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Нару La Gazzetta dello Sport