

"Xalilovich "Beshiktosh"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar yolg'on. Alen "Milan"ni tark etmoqchi emas".
Biz Italiyada turk klubi vakillarini tasodifan uchratib qoldik. "Beshiktosh" bizga hech qanday taklif bildirgani yo'q", - ma'lum qildi Turkan.

22 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi o'tgan yoz "Las-Palmas"dan "Milan"ga tekinga o'tgan edi. U "Rossonerilar" tarkibida Yevropa Ligasining 3ta o'yinida ishtirok etib, 61 daqiqa o'ynadi.



