Rasman: "Qizilqum" "Nasaf" sobiq legionerini transfer qildi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2025
O'zbekiston Kubogi sohibi, UEFA tasnifidagi ligalarda to'p tepgan tajribali vinger Alen Mashovich endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.

Klub u bilan 1 yillik bitim imzoladi.

Ma'lumot o'rnida, 30 yoshli vinger joriy mavsum Chernogoriyaning "Dechich" jamoasi safida Chempionlar Ligasi va Konferenciyalar Ligasi saralash uchrashuvlarida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga ulgurgandi. U 2022 yil "Nasaf" safida o'ynagan edi. 

Alen Mashovich haqida:

Tug'ilgan sanasi: 07.08.1994 yil

Tug'ilgan joyi: Novi Pazar - Serbiya

Ampluasi: vinger

To'p tepgan jamoalari: "Partizan" (Serbiya), "Vojdovas" (Serbiya), "Matida Zelviya" (Yaponiya), "Nasaf" (Qarshi), "Dechich" (Chernagorya)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати