Agar Zidan "Real" bosh murabbiy bo'lib qolsa, Morata jamoani tark etadi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2017, 14:47
"Real" hujumchisi Alvaro Morata o'zining jamoadagi holatidan qoniqmayapti.

Futbolchi har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Ma'lumotlarga ko'ra, agar Zinedin Zidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi bo'lib qolsa, Morata yozgi transfer oynasida jamoani tark etmoqchi. Morata o'z agentidan takliflarni ko'rib chiqishni so'ragan. Ayni damda unga "Yuventus", "Chelsi" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Morata joriy mavsum LaLiganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser