Agar di Mariya "Barselona"ga o'tsa, "Real" 10 mln. evro ishlab oladi
Aslanov Jasurbek
25 iyun 2015, 14:16
"Barselona" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Anxel di Mariyani xarid qilish fikridan voz kechgani yo'q.
Mankunianlar di Mariyani 75 mln. evroga baholamoqda. Ammo "Barselona" bu bilan qutilmaydi: Di Mariya "Real"dan mankunianlar safiga o'tayotganida futbolchi Primeroga qaytsa u "Qirollik klubi"ga 10 mln. evro berishga kelishib olgan.