Afsonaviy Mayk Din APLni tark etmoqda

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023
Angliyaning hakamlar kollegiyasi PGMOL liganing afsonaviy hakamlaridan biri Mayk Din bilan hamkorlik yakunlanganini ma'lum qildi.

Din 2022 yilning dekabrida 2023 yilgi mavsum u uchun so'nggisi bo'lishini ma'lum qilgandi. Shundan keyin u VAR tizimida ham mehnat qildi va tajribasi evaziga hakamlar bilan mashg'ulotlar olib bordi.

PGMOL rasmiy bayonot bilan chiqib, Mayk Dinga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Din 1985 yili hakamlik faoliyaini boshlagandi. 2000 yildan buyon Premer-liga o'yinlarida ishlab kelayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: PGMOL